Ixtiyor Karimov: “Omad bugun bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi”

Narzulla Saydullayev
18 may 2017, 22:23
Oliy liganing 11-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Sho'rtan” ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.
O'yindan so'ng “Shurtan” ustozi Ixtiyor Karimov matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Hujumkor futbol namoyish etdik. Standart vaziyatdan o'tkazib yuborilgan goldan so'ng bizda ham ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Ammo bugun omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Yigitlarimizning harakatidan qoniqdim.Mashg'ulotlarda hujumda golli vaziyatlar bilan ko'proq ishlash to'g'ri keladi. “So'g'diyona”ni g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi o'yinlariga omad tilayman.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia