Ivanovich: "Abramovich futbol dunyosini o'zgartirdi"

Alisher
12 fev 2020
"Zenit" himoyachisi Branislav Ivanovich "Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich haqida gapirdi.

- Ko'pchilik "Chelsi"ga chet ellik Roman Abramovich kelganida shubha bilan qaradi. Ammo, futbolda ko'p investorlar aynan chet elliklardir.

- Men uchun Abramovich faoliyatimdagi eng muhim insonlardan biri. Bu narsani aytishdan charchamayman. "Chelsi"ga kelganimda u meni qo'llab-quvvatladi va men bu narsani qadrlayman. Fikrimcha, Abramovich tufayli futbol dunyosi o'zgardi. U birinchi bo'lib futbolga katta sarmoyalarni kiritdi, shundan so'ng boshqalarda ham shunday fikrlar paydo bo'ldi. Albatta, u juda aqlli va muvaffaqiyatli inson. Tez orada uni "Stemford Brij"da ko'rishga umid qilaman", - deydi Ivanovich.


AlisherMuallif
Manba: Marca