

1:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda mehmonlarning g'alabaga goliga Ivan Nagaev mualliflik qildi. Hujumchi Superligada 2 yildan so'ng gol urdi. U so'nggi bor 2019 yil Superliganing 15-turida "So'g'diyona" safida "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qilgandi.
Futbolchi joriy mavsumda "Metallurg" libosida 9ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.




