Ivan Nagaev Kuvaytga yetib bordi va shartnoma imzoladi
Narzulla Saydullayev
29 yanv 2015
"Lokomotiv" futbolchisi Ivan Nagaev Kuvaytning "Al Qodisiya" klubi tarkibida ijara asosida to'p surish uchun Kuvaytga yetib bordi.
Futbolchi "Al Qodisiya" rasmiylari bilan uchrashdi va ijara shartnomasiga imzo chekdi. Uning jamoadagi debyuti 10 fevral kuni OCHL pley-off bosqichida Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasiga qarshi bo'lishi kutilmoqda.