

Alan Kerling ismli "Nyukasl" muxlisi "Liverpul"ga qarshi APL bahsidan qaytgach, eshikni ochgan va erda burda-burda qilib tashlangan Liga kubogi final chiptasini ko'rgan. Chiptani pochtachi tashlab ketgan. Alanning yaramas iti Rudi esa chiptani bir uyum qog'ozga aylantirgandi.
Shundan so'ng, Alan Kerling itini 5 funtga sotishi haqida ijtimoiy tarmoqlarga hazil post joylagandi.

Shundan so'ng, Alan bo'lgan voqeani so'zlab berish uchun "Nyukasl" klubiga yuzlanishga qaror qiladi. Klub xodimlaridan biri esa ijtimoiy tarmoqlar orqali bu narsa allaqachon klubning qulog'iga yetib borganligini va "Nyukasl" muxlisga ikkita yangi chipta tayyorlab qo'yganini ma'lum qiladi.
Shunday qilib, it g'ajib tashlagan chipta egalariga ingliz klubi yangi chiptalarni taqdim qildi. Muxlis esa itini sotish borasidagi post hazil ekanligi va agarda rostdan ham itini sotish niyati bo'lganda ham kuchuk biroz qimmatroq turishini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, 26 fevral kuni soat 21:30 "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o'rtasida Liga kubogi finali bo'lib o'tadi.
"Nyukasl" muxlisi Angliya liga kubogi final chiptasini g'ajib tashlagan itini sotuvga qo'ydi



