Italiyani Jahon chempionatisiz qoldirgan murabbiy nihoyat ishdan ketdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura o'z lavozimidan bo'shatildi.

69 yoshli Ventura boshchiligidagi Italiya 60 yilda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Dushanba kuni italyanlar Shvetsiya bilan o'z maydonida 0:0 o'ynab mundialga chiqa olishmadi. Ilk o'yinda Shvetsiya 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Venturaning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan edi. Shartnoma buzilgani uchun murabbiyga €700 ming tovon puli beriladi. Ventura 2016 yildan buyon Italiya bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida "Skuadra Adzurra" 9ta g'alaba, 4ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/azzurri