Italiyalik futbol afsonasi teleko'rsatuvda jarohat oldi

Оқил Абдубарноев
14 may 2024, 21:13
"Milan" sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta teleefir payti ko'ngilsiz hodisaga duchor bo'ldi.

58 yoshli mutaxassis "Milan"ning "Kalyari"ga qarshi o'yinini muhokama qilish chog'ida futbolchilarning harakatiga taqlid namoyish etmoqchi bo'lib, oyoq mushaklarini shikastlab oldi.


Keyinchalik unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Mutaxassis oyog'iga muz bosilib, massaj muolajasi qo'llanildi.

Eslatib o'tamiz, Kostakurta "Milan" safida 660 dan ortiq o'yinda maydonga tushib, besh marta Yevropa Chempionlar ligasi hamda etti marta A Seriyada g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Italia