Italiyada Superkubokning formatini o'zgartirishmoqchi

Mirjalol Normatov
19 dek 2019, 19:44
22 dekabr kuni "Yuventus" va "Lacio" Italiya Superkubogi sovrini uchun bahs olib borishadi.

Bu Saudiya Arabistonida bo'ladigan ikkinchi Superkubok uchrashuvi bo'ladi. "Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda tomonlar turnirning formatini o'zgartirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Yangi g'oyaga ko'ra, Italiya Superkubogida A Seriyaning eng yaxshi 4 jamoasi qatnashadi. Shu orqali italiyaliklar ushbu turnir ispanlarnikiga hos tarzda o'tishini istashmoqda.

Qayd etish kerak, A Seriya rahbariyati ushbu 3 finalni Saudiya Arabistoniga 30 million evroga sotib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport