Italiya TJ fulbeki jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2021
Evro-2020 ilk turidan o'rin olgan Turkiya – Italiya bahsida (0:3) “Skuadra azurra” futbolchisi Alessandro Florenci jarohat olganni tufayli 2-taymda almashtirildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi oyog'ining to'piq qismini shikastlab olgan. 30 yoshli himoyachi Shveytsariya (16 iyun)ga qarshi 2-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi. 

Shuningdek, uning Uels (20 iyun)ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida bo'lib turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia