Italiya termasi bo'lajak bahslarga 10 nafar hujumchini qaydnomadan o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 00:45
Italiya terma jamoasining murabbiylar shtabi Finlyandiya va Lixtenshteynga qarshi Evro-2020ning saralash bahslari uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

“Skuadra adzurra”ning qaydnomasidan 29 nafar futbolchi joy olgan bo'lib, ularning 10 nafari hujumchilardir.

Demak, tarkib bilan tarnishing:

Darvozabonlar – Alessio Krano (“Kalyari”), Janluidji Donnarumma (“Milan”), Mattia Perin (“Yuventus”), Salvatore Sirigu (“Torino”);

Himoyachilar – Kristiano Biragi (“Fiorentina”), Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”), Djordjo Kellini (“Yuventus”), Alessandro Florenci (“Roma”), Armando Icco (“Torino”), Janluka Manchini (“Atalanta”), Kristiano Pichchini (“Valensiya”), Alessio Romanoli (“Milan”), Leonardo Spinaccola (“Yuventus”);

Yarimhimoyachilar – Nikolo Barella (“Kalyari”), Brian Kristante (“Roma”), Jorjino (“Chelsi”), Stefano Sensi (“Sassuolo”), Marko Verratti (PSJ), Nikolo Zanolo (“Roma”);

Hujumchilar – Federiko Bernardeski (“Yuventus”), Federiko Keza (“Fiorentina”), Stefan El-Shaaravi (“Roma”), Vinchenco Grifo (“Frayburg”), Chiro Immobile (“Lacio”), Moyze Kin (“Yuventus”), Kevin Lazanya (“Udineze”), Leonardo Pavoletti (“Kalyari”), Matteo Politano (“Inter”), Fabio Kvalyarella (“Sampdoriya”).

Eslatib o'tamiz, Italiyaning bo'lajak uchrashuvlari 23 va 26 mart sanalariga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/azzurri