Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xitoy klubini boshqaradi

Alisher
29 iyul 2019
Italiya terma jamoasi sobiq ustozi Roberto Donadoni "Shenchjen" klubini boshqaradi.

Tomonlar shartnoma masalasini hal etishdi.

55 yoshli mutaxassis o'tgan yil "Bolonya"dan ketganidan so'ng ishsiz yurgan edi.

Mutaxassis "Bolonya"dan tashqari "Livorno", "Jenoa", "Napoli", "Kalyari" va "Parma" klublarini boshqargan.

Donadoni 2006 yildan 2008 yilga qadar Italiya terma jamoasida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Xinhua