Italiya terma jamoasi Ukrainaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 22:46
Ukraina va Italiya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi.

Unga ko'ra, ushbu o'yin 10 oktyabr kuni Italiyada bo'lib o'tadi. Hozircha uchrashuvga aynan qaysi shahar mezbonlik qilishi ma'lum emas. Bu borada kechroq xabar beriladi. 

Shu kungacha Ukraina va Italiya terma jamoalari o'zaro 7ta o'yinda to'qnash kelishgan. Ana shu uchrashuvlarning 6tasida Skuadro Adzurro ko'chasida bayram bo'lgan. Bitta o'yinda durang natija qayd etilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif