A Ceriya. “Inter” so'nggi daqiqalarda gol urib, “Napoli”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 07:00
A Seriyaning 18-turi doirasidagi markaziy o'yin "Inter" va "Napoli" o'rtasida bo'lib o'tdi.

O'yindagi yagona gol Lautaro Martines tomonidan 90+1 daqiqada kiritildi. “Napoli” esa o'yinni 2 kishi kam bo'lib yakunladi. Avvaliga Kalidu Kulibali maydondan chetlatilgan bo'lsa, o'yin so'ngida Lorenco Insine ham qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

“Inter” – “Napoli” 1:0
Gol: 1:0 – 90+1 Martines.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Asamoa, D’Ambrozio, Shkrinyar, Joau Mariu (Martines, 83), Brozovich, Perishich (Keyta Balde, 74), Valero (Vesino, 64), Politano, Ikardi.
Napoli – Meret, Kulibali, Albiol, Mariu Ruy (Gulyam, 78), Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Kalexon, Gamshik (Maksimovich, 24), Insine, Milik (Mertens, 71).
Ogohlantirishlar: Brozovich (29), Valero (52), Allan (56), Albiol (67), Kulibali (80), Martines (90).
Chetlatishlar: Kulibali (80), Insine (90).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia