Italiya mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha jahon rekordini takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
3 sen 2021, 07:56
Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Bolgariya bilan durang o'ynadi (1:1).

Roberto Manchini shogirdlari bu orqali mag'lubiyatsiz seriyani 35 ta o'yinga etkazib, o'z rekordlarini yangilashda davom etmoqdalar. Italiyaliklar 1935-1939 yillarda Vittorio Pocco boshchiligida 30 ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya qayd etgandilar. 

Italiya shuningdek jahon rekordini ham takrorladi. Bu borada rekord Ispaniya (2007-2009 yillarda, 35 ta o'yin) va Braziliya (1993-1996 yillarda, 35 ta o'yin) terma jamoalariga tegishli. 

Manchini 2018 yildan buyon Italiya terma jamoasini boshqaradi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta