Italiya klubi Nagelsmann bilan qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
21 mar 2021, 00:55
"RB Leyptsig" ustozi Yulian Nagelsmann faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, "Roma" umidli nemis mutaxassisiga da'vogarlik qilyapti.

Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" mavsum oxirida A Seriyaning kuchli 4 ligidan joy ola bilmasa, bosh murabbiyni almashtirmoqchi.

Hozirgi kunda "Roma"ni portugaliyalik Paulu Fonseka boshqarmoqda, ammo uning klub bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Alohida aytish kerakki, Nagelsmannga "Tottenxem" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica