Italiya chempionati. “Yuve” o'z o'yida “bo'rilar”ni taslim etdi

24 dek 2017, 03:18
Italiya A seriyasining 18-turidan o'rin olgan markaziy bahsda amaldagi chempion “Yuventus” o'z maydonida “Roma”ni kichik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuv taqdirini hal qiluvchi yagona gol 18-daqiqada Mehdi Benatia tomonidan “Roma” darvozasiga kiritildi. Turinliklar himoyachisi to'p burchakdan o'yinga kiritilgach, rimlik futbolchilarning himoyadagi e'tiborsizligi sabab darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu g'alabadan keyin “Yuventus” 44 ochko bilan A seriya turnir jadvalining 2-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Roma” 38 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Yuventus – Roma 1:0 (1:0, 0:0)

Gol:1:0 – 18 Benatiya.

Yuventus – Shchensni, Bardzali, Benatiya, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Matyuidi (Markizio, 79), Kuadrado (Bernardeski, 77), Iguain, Mandjukich.

Roma –Alisson, Florenci, Manolas, Fasio, Kolarov, Nainggolan, de Rossi (Under, 86), Strotman (Pellegrini, 70), El-Shaaravi (Shik, 67), Djeko, Perotti.

Ogohlantirish:de Rossi (23), Kuadrado (52), Aleks Sandro (82), Pellegrini (87), Kolarov (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia