

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Pastore rimliklarning hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsada, birinchib bo'limning o'zida “Atalanta” futbolchilari rimliklar darvozasini ketma-ket uch bor ishg'ol etishdi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Florenci oradagi farqni qisqartirgan bo'lsa, o'yin tugashiga sakkiz daqiqa qolganida Manolas o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.
Italiya chempionati.
2- tur
Roma – Atalanta 3:3 (1:3, 2:0)
Gollar:1:0 – 2 Pastore, 1:1 – 19 Kastan, 1:2 – 22 Rigoni, 1:3 – 38 Rigoni, 2:3 – 60 Florenci, 3:3 – 82 Manolas.
Roma – Olsen, Florenci (Shik, 73), Manolas, Fasio, Kolarov, Kristante (Nzonzi, 46), de Rossi, Pellegrini (Klyuyvert, 46), Under, Djeko, Pastore.
Atalanta –Gollini, Manchini (Toloi, 64), Gimshiti, Palomino, Kastan, Valcania (de Ron, 54), Pessina (Xatebur, 50), Adnan, Pashalich, Rigoni, Sapata.
Ogohlantirish: Nzonzi (58), Gimshiti (81).




