Italiya chempionati. “Milan” o'z uyida autsayderga yutqazib qo'ydi

22 apr 2018, 02:06
Italiya A seriyasining 34-turida “Milan” o'z maydonida A seriya turnir jadvalida so'nggi pog'onada borayotgan “Benevento”ni qabul qilib, mag'lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda mehmonlarga g'alaba keltirgan yagona golga Petro Yemello muallifliq qildi. Bellashuvning 80-daqiqasida mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Hujumchi Sheyk Diabate ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Shunga qaramay rossonerilar mag'lubiyatdan qutulib qola olishmadi. “Milan”ning A seriyadagi g'alabasiz seriyasi oltita uchrashuvga etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia