Italiya chempionati. “Inter” uch o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi

Italiya A seriyasining 33-turida “Inter” “San Siro”da “Kalyari”ni taslim etdi.

Milanliklarning gollariga Kanselu, Ikardi, Borzovich va Perishich mualliflik qilishdi.

Shu tariqa “Inter” uch o'yindan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin “Inter” 63 ochko bilan uchinchi pog'onaga ko'tarildi. “Kalyari” esa 32 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.


Manba: championat.asia