Italiya A seriyasi. "Lacio" kuchli uchlikdan chiqib ketishga yaqin

Narzulla Saydullayev
13 may 2023, 08:41
Kecha tunda Italiya chempionatida 35-turdan o'rin olgan dastlabki bahs bo'lib o'tdi.

Rimda "Lacio" ligada qolish uchun kurashayogan "Lechche"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mauricio Sarri boshchiligidagi "Lacio" bu durangdan keyin kumush medallar uchun imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi. Kechagi durangdan keyin Rim klubi hisobida 35ta o'yindan keyin 65 ochko bor. Ikkinchi o'rindagi "Yuve"da 34ta o'yindan 66 ochko mavjud. To'rtinchi o'rindagi "Inter" 34ta uchrashuvda 63 ochko to'plagan. Yani "Inter" 35-turda g'alaba qozonsa "Lacio" 4-o'ringa tushadi.


Italiya A seriyasi

35-tur

Lacio – Lechche 2:2 (1:1, 1:1)
12 may, "Stadio Olimpiko"
Gollar
: 1:0 – 34 Immobile, 1:1 – 45 Uden, 1:2 – 51 Uden, 2:2 – 90 Milinkovich-Savich.
Lacio – Provedel, Romanoli, Kazale, Xyusay (Pellegrini, 58), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Markos Antonio (Bashich, 73), Ladzari, Felipe Anderson (Pedro, 58), Dzakkani, Immobile.
Lechche – Falkone, Jandre (Romanoli, 77), Umtiti, Baskirotto, Gallo, Blen, Yulmand, Banda (Di Franchesko, 68), Uden (Xelgason, 82), Espeto (Gonsales, 77), Kolombo (Sisey, 68).
Ogohlantirishlar: Ladzari (8), Banda (13), Uden (65), Pellegrini (78), Falkone (79), Milinkovich-Savich (81), Blen (81), Gonsales (90).


MUSOBAQA JADVALI




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia