

Tehronning "Istiqlol" klubi yanvar oyida "Dinamo"dan Kojoni sotib oladi. Ushbu transfer 400 ming dollarga baholanmoqda, bu haqda eronlik jurnalist Erfan Huseyni tvitterda ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Kojo sentyabr oyi o'rtalarida ham "Istiqlol"ga o'tishi mumkin edi, ammo "Dinamo" O'zbekistonda transfer oynasi yopiqligi bois futbolchini qo'yib yuborishni istamagan edi.




