"Istanbul Bashakshexir" "Milan" himoyachisini ijaraga oladi

Alisher
11 yanv 2021, 12:11
"Milan" himoyachisi Leandro Duarte faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli braziliyalik futbolchining yangi ish joyi "Istanbul Bashakshexir" bo'ladi. Duarte turk jamoasida 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar ijarada asosida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik "Milan"ga 2019 yilning yozida "Flamengo"dan o'tgan edi. Duarte uchun milanliklar 11 million evro to'lashgan.

Leandro joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira