Ispaniyalik jurnalist: "Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatni amalga oshirmoqda"

Alisher
2 sen 2020, 11:13
Ispaniyalik jurnalist Edu Agirre argentinalik hujumchi Lionel Messining "Barselona"dan ketishni xohlayotganini tanqid qildi.

"Men uchun Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatni amalga oshirmoqda. Messi "Barselona"ni tashlab ketmoqda, u cho'kayotgan kemadan qochib qutulmoqchi. Leo hozir ketishi kerak emas edi. "Barselona" muxlislari bunga loyiq emaslar", - deydi Agirre.

Eslatib o'tamiz, Messi "ko'k-anorranglilar" bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rmayapti va "Barselona"dan ketmoqchi. O'z navbatida klub Lionelning qarorini o'zgartirishini va jamoadoshlariga qo'shilishini umid qilmoqda.

Shartnomada uning 11 kundan 30 kunga qadar jamoada bo'lmasligi, maoshini 25% ushlanib qolishiga olib kelishi yozilgan. Messi uchun asosiy da'vogar "Manchester Siti" hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca