Ispaniyadan Evrokuboklarda ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma'lum

13 may 2018, 07:58
Kelasi mavsumda Ispaniyadan Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida ishtirok etuvchi barcha klublar aniqlandi.

YCHLda “Barselona”, “Atletiko”, “Real” va “Valensiya” klublari ishtirok etadi. Bu to'rtlik to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan bahslarga kirishadi. 

Yevropa Ligasida esa “Vilyarreal”, “Betis” (to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida) va “Sevilya” (ikkinchi kvalifikacion raunddan) jamoalari o'z omadlarini sinab ko'rishadi.

O'xshash yangiliklar