Ispaniyadagi klubda bir yo'la 28 nafar inson koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020
Ispaniyaning "Fuenlabrada" klubidagilar koronavirus haqida ma'lumotlarni taqdim qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 28 insonda virus aniqlangan, shulardan ayrimlari o'zlarida bir necha bora ushbu virusni yuqtirib olishgan.

Shu sababli Segunda doirasidagi "Deportivo"ga qarshi o'yin qoldirildi, shuningdek, Primero uchun pley-off o'yini ham keyinroq o'tkaziladigan bo'ldi.

Agarda "Fuenlabrada" "Deportivo"ni yutadigan bo'lsa, top-6 jamoa orasiga kiradi va Primero uchun kurashni davom ettiradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca