Ispaniya termasining sobiq ustozi "Granada" bosh murabbiyiga aylandi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2021
"Granada" o'z rasmiy saytida Robert Morenoning bosh murabbiy bo'lganini ma'lum qildi.

43 yoshli mutaxassis Diego Martinesning o'rnida ishlaydi. "Granada" yangi bosh murabbiy bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Moreno "Monako" hamda Ispaniya termasidagi faoliyati bilan barchaga tanish. Unga qadar mutaxassis Luis Enrikening yordamchisi sifatida ishlagan.

O'tgan mavsumda "Granada" LaLiga turnir jadvalining 9-pog'onasida bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GranadaCdeF