

Relevo nashrining ma'lum qilishicha, 31 yoshli hujumchi Al Qodisiya klubiga ko'chib o'tadi. Saudiyaliklar umumiy hisobda Morataga 50 million evro sarflashadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Al Qodisiya Ispaniya terma jamoasining boshqa bir futbolchisi Nacho bilan shartnoma imzolagandi.
Ma'lumot uchun, Morata o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 21 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Uning Atletiko bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



