Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018, 17:06
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi.

"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini boshqaradi. Mutaxassis va federatsiya o'rtasidagi bitim 2 yilga mo'ljallangan.

Ispaniya terma jamoasi Luis Enrike qo'l ostidagi ilk o'yinini sentyabr oyida Angliyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFEF