Ispaniya terma jamoasiga MLSda to'p tepadigan futbolchi chaqirildi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2017, 16:51
Ispaniya terma jamoasi murabbiylari shtabi Italiya va Lixtenshteynga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 o'yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

2014 yildan beri milliy jamoaga chaqirilmayotgan, ayni damda MLSda "Nyu-York Siti" sharafini himoya qiladigan David Vilya yana Ispaniya terma jamoasiga taklif qilindi.

Chaqiruv olgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: David de Xea (Manchester Yunayted), Pepe Reyna (Napoli), Kepa Revuelta (Atletik); 

Himoyachilar: Sesar Aspilikueta (Chelsi), Daniiel Karvaxal (Real), Nacho (Real), Xerard Pike (Barselona), Serxio Ramos (Real), Mark Bartra (Borussiya D), Nacho Monreal (Arsenal), Xordi Alba (Barselona);

Yarim himoyachilar: Saul Niges (Atletiko), Serxio Buskets (Barselona), Koke (Atletiko), Andres Inesta (Barselona), Tyago Alkantara (Bavariya), Isko (Real), Marko Asensio (Real), Suso (Milan);

Hujumchilar: Pedro Rodriges (Chelsi), Vitolo (Las-Palmas), David Silva (Manchester Siti), Alvaro Morata (Chelsi), Xerard Deulofeu (Barselona), Yago Aspas (Selta), David Vilya (Nyu-York Siti).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia