Ispaniya terma jamoasi Uelsga qarshi bahsni "Barselona" futbolchisisiz boshladi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 11:40
Kecha, 11 oktyabr kuni Ispaniya terma jamoasi Uelsga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bahs 4:1 hisobida ispaniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Ispaniya terma jamoasi uchrashuvni "Barselona" futbolchilarisiz boshladi, yani asosiy tarkibda Kataloniya klubining birorta vakili yo'q edi. Bunday holat so'nggi marta 2016 yil 1 iyunda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahsda sodir bo'lgan edi.


Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 46), Ramos (Bartra, 46), Albiol, Aspilikueta (Kastro, 63), Gayya, Saul (Koke, 46), Rodri Ernandes, Sebalos, Suso (Rodrigo, 81), Pako Alkaser (Aspas, 73), Morata.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net