Ispaniya Superkubogi. Barcha jamoalar Saudiya Arabistonida

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2020
Bugun, 8 yanvar kuni yangi formatdagi Ispaniya Superkubogining dastlabki yarim final o'yini bo'lib o'tadi.

Turnir tarixida ilk marta sovrin uchun 4ta jamoa kurash olib boradi. Musobaqada 3ta o'yin o'tkaziladi (2ta yarim final va final). Juftliklar qur'a orqali aniqlandi.

Yarim final. 8 yanvar

"Valensiya" - "Real"


Yarim final. 9 yanvar

"Barselona" - "Atletiko"


Final. 12 yanvar


Barcha jamoalar kecha - 7 yanvar kuni Saudiya Arabistoniga yetib kelishdi. Futbolchilar aeroportda gullar bilan kutib olindi.















Turnirning barcha uchrashuvlari Jidda shahridagi "King Abdullah Sport City" stadionida bo'lib o'tadi. Arena o'z bag'riga 62 345 muxlisni sig'dira oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia