Ispaniya OTJ bosh murabbiyi: "Bor e'tiborimizni O'zbekistonga qarshi o'yinga qaratganmiz"

Оқил Абдубарноев
23 iyul 2024, 21:02
Ispaniya terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o'yinlarining ochilish o'yini oldidan Ispaniya Olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan videomatbuot anjumani o'tkazdi. Unda bosh murabbiy Santi Deniya ishtirok etdi.

"Olimpiya o'yinlari qiyin turnir, kichikroq miqyosda bo'lsa-da, jahon chempionatiga o'xshab ketadi. Birinchi o'yin, odatda, eng muhimi hisoblanadi va biz bor e'tiborimizni  mazkur bahsga qaratganmiz. Orzularni ro'yobga chiqarish vaqti keldi. Mening vazifam - qisqa vaqt ichida jamoa shakllantirib, ularni bir oilaga aylantirishdan iborat. 

Oltin medal bizni o'ziga chorlamoqda, chunki ko'p yillar mobaynida bunga erisha olmadik. Barcha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Fermin va Aleks Baenaning ikkalasi ham Yevropa chempionati g'olibi bo'lishganidan keyin yetib kelishgan. Ular biz uchun juda muhim futbolchilar sanaladi. Ikki yigit yaxshi holatda yetib kelgan", dedi ispaniyaliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Ispaniya o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rfef.es