Ispaniya kubogi. "Sevilya" musobaqani sharmandali holatda yakunladi

31 yanv 2020, 03:09
Ispaniya kubogi 1/8 final uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Segunda vakili "Mirandes" klubi "Sevilya"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Uchrashuv davomida "Mirandes" klubi futbolchilari uchta to'p farqi bilan oldinda borgan payti ham bo'ldi. "Sevilya" safida yagona golga so'nggi daqiqalarda Nolito mualliflik qildi. Shu tariqa andalusiyaliklar musobaqani nimchorak final bosqichida yakunlagan bo'lsa, Segunda vakili 1/4 finalda ishtirok etadi. 

Mirandes – Sevilya 3:1 

31 yanvar, 01.00, Estadio de Anduva

Gollar:

1:0 – 7 Mateus Ayyas, 2:0 – 30 Mateus Ayyas, 3:0 – 85 Rey, 3:1 – 90 Nolito.

Mirandes – Limones, Onayndia, Gonsales, Serxio Gonsales, Penya (Guridi, 64), Rey (Kixera, 88), Malsa, Sanches, Merkelans, Mateus Ayyas (Markos de Souza, 74), Enrik Frankesa.

Sevilya – Vaclik, Diego Karlos, Eskudero, Navas, Kunde (Jordan, 46), Banega (Okampos, 46), Gudel, Oliver Torres, Nolito, de Yong, Munir (En-Nesiri, 46).

Ogohlantirishlar:

Gonsales (33), Munir (37), Diego Karlos (53), Mateus Ayyas (55), Eskudero (76), Sanches (78), Serxio Gonsales (80), Nolito (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia