Ispaniya kubogi doirasida kecha qoldirilgan o'yin bugun bo'lib o'tadi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022
Shanba oqshomida Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasidagi "Betis" - "Sevilya" uchrashuvi yakunlanmay qoldi.

Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalarida hisob 1:1 bo'lib turgan paytda maydonga uzun, qattiq jism otilgan va bu mehmon jamoa futbolchisi Xoan Xordanga tekkan. Oqibatga unga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Oradan bir soatlar o'tib, Ispaniya futbol federatsiyasi uchrashuvni to'xtatib turish borasida ma'lumotni e'lon qildi.

Bugun ertalab esa o'yin 16 yanvar kuni soat 20:00da davom ettirilishi borasida qaror chiqarildi.

O'yin bo'sh tribunalar ostida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal