

Ispanlar kvalifikaciya raundida qatorasiga 37 o'yindan beri gol urgan holda rekord o'rnatishdi. Avvalgi eng yaxshi natija esa G'arbiy Germaniya termasiga tegishli edi – 36 uchrashuvlik golli seriya 1934 yildan 1985 yilgacha davom etgan.
Bundan tashqari, “qizil furiya” mundial saralashidan o'rin olgan ketma-ket 65 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi.



