Ispaniya futbol federatsiyasi “Man Siti” himoyachisini mahalliylashtiradi va u Evro-2020'da qatnashadi

Eldor Akmurzayev
11 may 2021, 20:10
“Manchester Siti” a'zosi Emerik Laport bo'lajak qita birinchiligida Ispaniya TJ sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

Marca yozishicha, bir necha hafta oldin “qizil furiya” ustozi Luis Enrike mazkur futbolchini mahalliylashtirish bo'yicha Ispaniya futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.

FIFA bunga rozilik bildirdi. Laport Fransiya yoshlar termalarida o'ynagan, ammo bosh jamoa safida maydonga tushmagan va bu FIFA talabiga javob beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ertaga 26 yoshli himoyachining ispanlar safida o'ynashi rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq, himoyachi Fransiya TJ ustozi Dide Desham uni shaxsiy sabablar tufayli futbolchilar qaydnomasiga kiritmayogani haqida xabar bergandi.

Emerik Laport joriy mavsum “shaharliklar” libosida 27 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca