Ispaniya chempionati. “Valensiya” yirik g'alabaga erishdi, Dzadza xet-trikka...

20 sen 2017, 01:09
Ispaniya chempionatining 5-turida “Valensiya” o'z maydonida “Malaga”ni taslim etdi.

“Mestalya” stadioniga yig'ilgan muxlislar “ko'rshapalak”lar ijrosida beshta golga guvoh bo'lishdi. Bellashuvda Santyago Lorenso hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda italiyalik hujumchi Simone Dzadza xet-trikka erishdi. O'yinda yakuni nuqtani Rodrigo qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin “Valensiya” ochkolari sonini 9 taga etkazib, tunir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. “Malaga” esa o'tgan besh turda birorta ham ochko jamg'ara olmagan va turnir jadvalining so'nggi pog'onasini band etib turibdi.

Ispaniya primerosi.

 5- tur.

“Valensiya” –“Malaga” 5:0

Gollar: 1:0 – Lorenso – 17, 2:0 – Dzadza – 55, 3:0 – Dzadza – 60, 4:0 – Dzadza – 63, 5:0 – Rodrigo – 86.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia