Ispaniya. 9-tur yakunlandi. "Levante" va "Atletik" g'alaba qozonishdi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 08:40
Ispaniya chempionatida 9-turning oxirgi ikki o'yini bo'lib o'tdi.
"Levante" safarda "Selta"ni mag'lub etdi - 1:0. "Atletik" esa o'z maydonida "Vilyarreal" darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi - 2:0.

Ispaniya primerosining musobaqa jadvali, to'purarlar ro'yxati, oldingi va keyingi o'yinlar haqidagi barcha ma'lumotlarni saytimizning maxsus bo'limidan olish mumkin.

Selta – Levante 0:1 (0:0, 0:1)
21 oktyabr, Balaydos
Gol
: 0:1 – 89 Diop.
Selta – Yoel, Malo, Kostas, Fontas, Toni, Oubinya, Kron-Deli (A.Lopes, 46), Rafinya, Nolito (Orelyana, 70), Sharles, Mina (D.Rodriges, 83).
Levante – Navas, P.Lopes, Rodas, Navarro, Xuanfran, Diop, Simao, Shumetra, Ivanshic (Vintra, 61), R.Garsiya (El-Jar, 46), Baba (Barral, 71).
Ogohlantirishlar: Rafinya (82), Shumetra (84), Orelyana (88).

Atletik – Vilyarreal 2:0 (2:0, 0:0)
21 oktyabr, San Mames
Gollar:
1:0 – 33 M.Riko (Iraola), 2:0 – 35 Aduris.
Atletik – Iraysos, Iraola, Gurpegi, Laport, Balensiaga, M.Riko (Benyat, 80), Iturraspe (San Xose, 73), Susaeta, De Markos, Muniain, Aduris (Tokero, 86).
Vilyarreal – Asenxo, Mario, Musakko, Dorado, Kosta, Pina, B.Soriano, Akino (M. Gomes, 46), Kani, dos Santos (Ikechukvu Uche, 65), X. Pereyra (Trigeros, 46).
Ogohlantirishlar: Iturraspe (16), Iraola (32), M.Riko (36), B.Soriano (38), X. Pereyra (41), Susaeta (62), Trigeros (75), San Xose (80).
Chetlatish: B.Soriano (45).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia