Ispaniya. 6-tur. "Real" hamda "Valensiya" so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishdi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 07:49
Ispaniya primerosida tunda 6-turning 3ta uchrashuvi bo'lib o'tdi.
“Sevilya” o'z maydonida “Rayo Valekano”ni yirik hisobda taslim qildi – 4:1. Rakitich va Bakka dublga erishdi. Jonasning so'nggi daqiqada urgan goli “Valensiya”ga safarda g'alaba keltirdi.

“Elche” o'z maydonida “Real”dan ochko tortib olishga yaqin edi, ammo belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Ronaldu Madrid klubiga muhim uch ochkoni keltirdi.

Sevilya – Rayo Valekano 4:1 (1:0, 3:1)
25 sentyabr, 22.00, Ramon Sanches Pisxuan
Gollar
: 1:0 – 17, penalti Rakitich, 2:0 – 53 Rakitich, 2:1 – 55 Adrian (Viera), 3:1 – 80 Bakka (Gameyro), 4:1 – 88 Bakka.
Sevilya – Betu, Koke, Kala, Parexa, A.Moreno, Mbia, Rakitich, Xayro (Rabelo, 77), Marin (Bakka, 70), Cheryshev (Troxovski, 15), Gameyro.
Rayo Valekano – Ruben, Arbilya, Baena (Larrivey, 73), Galves, Moxika, Trashorras, Saul, Bangura, Adrian, Viera, Bueno (S.Fernandes, 73).
Ogohlantirishlar: Arbilya (16), Kala (45), Marin (45), Galves (52), Saul (56), Moxika (68), Troxovski (79), Bangura (87).
Chetlatishlar: Galves (65), Viera (82).

Granada – Valensiya 0:1 (0:0, 0:1)
25 sentyabr, 22.00, Nuevo Los Karmenes
Gol
: 0:1 – 90 Jonas (Kanales).
Granada – Roberto, Nom, Diakate, Murilo, Angulo, Resio, Iturra, Pereyra (A.Garsiya, 85), Braimi, Buonanotte (Igalo, 80), El-Arabi (Riki, 69).
Valensiya – Diego Alves, Joau Pereyra, Ruis, Mate, Guardado, Fuego, Banega, Kartabiya (Feguli, 74), Jonas, Pabon (Bernat, 65), Poshtiga (Kanales, 71).
Ogohlantirishlar: Fuego (18), Jonas (28), Buonanotte (32), Nom (33), Pereyra (54), Angulo (58).

Elche – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
25 sentyabr, Martines Valero
Gollar
: 0:1 – 51 Ronaldu, 1:1 – 90+1 Boachi (Fidel), 1:2 – 90+5, penalti Ronaldu.
Elche – Manu Errera, Suares, Lomban, Botia, Albakar, R. Peres, K. Sanches, del Moral (Fidel, 59), Xavi Markes (Boachi, 62), Xil, Koro (A. Niges, 81).
Real Madrid – Diego Lopes, Arbeloa, Pepe, Ramos, Koentrau, Xedira, Modrich (Karvaxal, 81), Isko (Ilyarramendi, 70), Di Mariya (Morata, 89), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: del Moral (7), Ramos (9), Botia (34), Suares (58), Koro (60), Ronaldu (76), Fidel (87), Manu Errera (90), K. Sanches (90), R. Peres (90), Albakar (90).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia