Ispancha futbol modeli endi O'zbekistonga kelishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
13 avg 2021
Kuni-kecha BMB Trade Group kompaniyasining yaqin hamkori O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasining Yevropadagi vakili Dilshod Ruzmetov "Kadis" (Ispaniya) futbol klubining xalqaro loyihalar bo'yicha direktori Enrike Peres bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ma'lumot uchun “Kadis” jamoasi Andalusiya avtonom hamjamiyatining Kadis provinsiyasida joylashgan ispan professional futbol klubi. Jamoa 1910 yilning 10 sentyabr kuni tashkil etilgan bo'lib tomoshabinlarni Ramon de Karransa stadionida qabul qiladi.

Uchrashuv chog'ida Enrike Peres O'zbekiston klublari bilan hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish yuzasidan manfaatdor ekanligini bayon qildi. Xususan, " Kadis " futbol klubi Jizzaxning "So'g'diyona" futbol klubi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalasini ko'rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi. Enrike Peres joriy yilning sentyabr oyida "So'g'diyona" futbol klubi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida O'zbekistonga kelishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. “Umid qilamanki, klubimiz "So'g'diyona" jamoasi bilan samarali va uzoq muddatli o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yadi”, - dedi Peres uchrashuv chog'ida.

Shuningdek, Enrike Peres uchrashuv chog'ida Dilshod Ruzmetovni Ispaniya La ligasining birinchi turi doirasida shanba kuni bo'lib o'tadigan " Kadis " va "Levante" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvga lutfan taklif qildi.

Shuni takidlash joizki, ushbu hamkorlikdagi loyiha har ikki futbol klubi murabbiylarining tajriba almashinishi, birgalikda mashg'ulotlar o'tkazish va tajriba almashish, shuningdek, o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish hamda “So'g'diyona” o'yinchilarining xalqaro maydonda to'p surishlari  uchun yo'l ochib berishiga BMB Trade Group kompanisi o'z ko'magini berishga tayyor.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia