Ispan klublari yozda 600 mln evro sarflashdi, eng ko'p pul ishlatgan klub - Barselona

Narzulla Saydullayev
3 sen 2017, 08:42
Ipaniya klublari bir yil oldingidan ko'ra ko'proq xaridlarni amalga oshirishdi.

La Liga klublari yangi futbolchilarni sotib olish uchun bu yozda 596 million evro sarflashdi, bir yil oldingidan 104 mlnga ko'p.

Futbolchilarni sotuvidan esa 676 mln ishlab topishdi, bir yil muqaddam bu raqam 450 mlnni tashkil etardi.

Barselona La Ligada eng ko'p pul sarfladi - 230 mln (147 million Usmon Dembele – yozdagi eng qimmat transfer).

Ikkinchi o'rinda – Sevilya (64 mln), uchinchi – Vilyarreal (45 mln).

Bundan tashqari, Barselona sotuvdan eng ko'p foyda qilgan klub ham bo'ldi - 226 mln evro (Neymar PSJga jahon futboli uchun rekord narx 222 mlnga sotildi).

Bu borada ikkinchi o'rinni Real egalladi -142 mln (Morata Chelsiga 62 mlnga o'tdi), uchinchi – Sevilya bo'ldi (76 mln).

Laligamanager.uz: Mavsumdagi birinchi sovrinli ligaga marhamat!

www.laligamanager.uz – Ispaniya chempionatiga bag'ishlangan virtual futbol sayti. Jamoa tuzing va qimmatbaho sovg'alar egasiga aylaning. Endi Messi va Ronaldu bita jamoada o'ynay oladi!

www.laligamanager.uz sayti "Shernur Pro Manager" kompaniyasiga tegishli. Sayt bo'yicha barcha savollar bilan quyidagi raqamga murojaat qiling: +998916510524


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com