Ispan grandlari "yangi Runi" uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
24 apr 2021, 12:36
"Lids"ning 18 yoshli forvardi Jo Gelxardt ispan top-klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.

Angliyada "yangi Ueyn Runi" deyilayotgan hujumchining xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Gelxardt asosiy jamoada, ammo hali birorta o'yinda maydonga tushmadi. Transfermarkt o'yinchini 1,3 million evroga baholamoqda.

"Lids" Angliya chempionatida 32 turdan so'ng 46 ochko jamg'ardi va jadvalda 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Don Balon