

U yerda mutaxassislarimiz Rossiya futbol uyushmasi, Rossiyadagi sport huquqshunosligi bo'yicha faoliyat yuritayotgan kompaniyalar faoliyatini o'rganishadi hamda ular bilan hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralarda ishtirok etishadi.
Bundan maqsad, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarkibidagi futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga kelishilgan o'yinlarni aniqlash va ularning oldini olish, futbolchilar, murabbiylar, xodimlar mehnat shartnomasidagi muammoli vaziyatlarni hal etish, futbolni moliyalashtirishni to'g'ri tashkil qilish va ichki auditorlik tekshiruvlarni o'tkazish ishlarida yuqorida nomlari qayd etilgan tashkilotlar tajribasini joriy qilishdir.
Rossiya safaridan so'ng, oktyabr oyida mazkur soha bo'yicha FIFA sammiti tashkil etiladi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etadigan ushbu sammitda Shveytsariyaning sport huquqshunosligi kompaniyalari va firmalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, o'zaro hamkorlikni masalalari muhokama qilinadi.



