Islom To'xtaxo'jaev burnini sindirib oldi

20 apr 2016, 20:02
"Lokomotiv" futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev "Al Nasr"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Temiryo'lchilar" himoyachisi o'yin davomida raqib bilan bo'lgan to'qnashuvda burnini sindirib oldi va mahalliy shifoxonaga olib ketildi.

Uning qachon safga qaytishi tibbiy ko'rik natijalaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia