Islandiyalik Ingason “Rostov” safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 01:15
Islandiya terma jamoasining 23 yoshli himoyachisi Sverrir Ingason “Rostov” klubi safiga kelib qo'shildi.

Bugun futbolchi Rossiya klubi safidagi ilk mashg'ulotini ham o'tkazdi. Bu haqda “Rostov” jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ingason faoliyatini Islandiyada boshlagan bo'lib, 2014 yilda Norvegiyaning “Viking” klubiga ko'chib o'tgan. 2015-2017 yillar oralig'ida Belgiyaning “Lokeren” jamoasini sharafini himoya qilgan. Uning so'nggi klubi Ispaniyaning “Granada”si edi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif