Islandiya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 17:42
Islandiya termasini endi Arnar Tor Vidarsson boshqaradi.

U ushbu joyni noyabr oyida iste'foga chiqqan Erik Xamrenda qabul qilib oldi.

42 yoshli Vidarsson termani 2022 yilgi mundial saralashidan olib chiqishi kerak bo'ladi.

Islandiya bu yo'lda "J" guruhida Germaniya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya, Armaniston va Lixtenshteyn termalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal