Islandiya o'z tarixida birinchi marta Yevropa chempionatiga chiqdi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2015, 08:35
Islandiya EVRO-2016 saralashida Qozog'iston bilan durang o'ynadi (0:0).

Ushbu natija Islandiyani keyingi yil Fransiyada o'tadigan Yevropa chempionati final bosqiichiga chiqishi uchun etarli bo'ldi. Shu tariqa, Islandiya o'z tarixida ilk bor Yevropa chempionatida qatnashadi.

Bu guruhda Latviyani mag'lub etgan Chexiya ham yo'llanmani qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun Turkiya va Gollandiya terma jamoalari kurash olib borishmoqda.

Gollandiya Qozog'iston va Chexiyaga qarshi o'ynaydi, Turkiya esa Chexiya va Islandiya bilan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru