Islambek Seytnazarov: "So'g'diyona"ning o'yini o'xshamadi"

Mirjalol Normatov
8 apr 2022, 22:35
"Aral Samali" sport direktori Islambek Seytnazarov O'zbekiston Kubogi 1-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- "Aral-Samali"ga O'zbekiston Kubogida o'z oldiga qo'ygan maqsadi qanday?

- O'yinni ko'rdingiz, yomon emas. Mavsumda ko'p ham o'yin o'tkazmadik, futbolchilarda amaliyot yetishmayapti. "So'g'diyona" kuchli jamoa, hali OFK Kubogida ishtirok etishi kerak. Bunday raqiblar bilan o'yinlarda nimalarnidir o'rganishimiz kerak. Hali Nukusda ham o'yinimiz bor. U yerda muxlislarni xursand qilishni istaymiz.

- "So'g'diyona"dan qanday o'yin kutgandingiz?

- Raqiblar bugun unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Tarkibida tajribali futbolchilari ko'p. "So'g'diyona" Superligada kamida 3 yoki to'rtinchi o'rinda bo'lishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia