

O'yin haqida
- O'yin yaxshi o'tdi. Bugun jamoamizning o'yini o'xshamadi, sababi jamoada yo'qotishlar nihoyatda ko'p edi. "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- To'rt-besh daqiqa ichida "Aral" uchta gol o'tkazib yubordi. Buni qanday izohlaysiz?
- Buni e'tiborsizlik natijasi deb o'ylayman. Xotirjamlikka berildik.
- Birinchi bo'limda shogirdlaringiz yaxshi harakat qilishdi. Birinchi gol ularning ruhiyatiga ta’sir o'tkazdimi?
- Albatta, dastlabki gol futbolchilarning ruhiyatiga katta zarba berdi.
- Jamoa bosh murabbiyi va uning yordamchisi bugungi o'yinda nega ishtirok etmadi?
- Bosh murabbiy davolanmoqda, jamoamizda yordamchi murabbiyning o'zi yo'q.
- "Aral" sun'iy maydonda to'p tepadi. Ham sun'iy, ham tabiiy maydonda o'ynash futbolchilarni toliqtirmaydimi?
- Albatta, bu o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Jamoa sun'iy maydonga o'rgangan.
- Bugun zaxirada 5 nafar futbolchi bor edi, ular orasida hujumchi yo'q edi. Tarkibda ham bitta hujumchi maydonga tushdi. Bir jamoaga bitta hujumchi kamlik qilmaydimi?
- O'yinchilarimizning ko'pchiligi jarohat olgan. Shu bois bitta hujumchi bilan kelishga majbur bo'ldik.
- Qoraqalpog'istondan Qashqadaryogacha 12 soat yo'l bosib keldingizlar. Yo'l charchog'idan so'ng qolgan vaqt o'yinchilarning tiklanishi uchun etarli hisoblanadimi?
- Albatta, bu ham ularga ta’sir o'tkazadi.



