

"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Isko mavsum yakunlangach klubni tark etishini ma'lum qilgandi.
Futbolchining xizmatlari uning agenti Jorje Mendesh tomonidan "Roma"ga taklif qilindi. Isko erkin agent sifatida Rim klubiga o'tishi mumkin. "Roma" Iskoni klubni tark etish ehtimoli mavjud bo'lgan Genrix Mxitaryanga o'rinbosar sifatida olib kelishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Isko ushbu mavsum La Ligada 14 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.



